Markazning asosiy vazifalari
“Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasi zimmasiga yuklatilgan quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- madaniyat va san’at sohasidagi uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- madaniyat va san’at ta’limi muassasalari uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish;
- sohaga oid darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va repertuar to‘plamlarini tayyorlash, nashr etish hamda ta’lim muassasalariga yetkazib berish;
- pedagog kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish;
- iqtidorli bolalar va yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash hamda respublika va xalqaro tanlovlarga tayyorlash;
- milliy madaniy merosning noyob namunalarini o‘quv jarayoniga joriy etish va yosh avlodga yetkazish;
- ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning musiqa asboblari va o‘quv jihozlari bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish;
- sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish.
Oxirgi yangilanish:

